Barcha yangiliklar RSS

Boshqarma yangiliklari

Yodgorliklarda o‘tkazilayotgan tadqiqotlar

               

Xorazm viloyati hududida 36 ta arxeologik yodgorliklar mavjud bo‘lib, ularning  tarixi hududda o‘tkazilgan arxeologik ekspeditsiyalar davomida o‘rganilib kelinmoqda. Keyingi yillardagi arxeologik tadqiqot ishlari bevosita Xorazm Ma’mun Akademiyasi olimlarining faoliyati bilan bog’lanib ketadi. 

Xorazm Ma’mun Akademiyasi arxeologlarining  yillik   ish  rejasiga  asosan,  2025-yil davomida  Shovot  tumanidagi  “Qiyotshaharchasi”  yodgorligida arxeologik  qazishmalar o‘tkazish  hamda, Tuproqqal’a tumani hududida arxeologik qidiruv tadqiqotlarini olib borish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda Madaniy meros agentligining Ochiq varaqa va ruxsatnomasiga asosan “Qiyotshaharchasi” arxeologik yodgorligida arxeolog Baxram Pulatovich Sadullayev  rahbarligida arxeologik ekspeditsiya ish faoliyatini boshlab yubordi. 




Arxeologik ekspeditsiya jarayonlari haqida hisobotlar Xorazm viloyati Madaniy meros boshqarmasiga berib borilmoqda va tadqiqotlar ommaviy axborot vositalarida keng jamoatchilikka yetkazilmoqda. 



 


13-05-2025, 17:19
Ko'rishlar: 58
Sahifani chop etish