Barcha yangiliklar RSS

Boshqarma yangiliklari

Kat qal’a yodgorligida topilgan noyob arxeologik topilmalar


Ayni paytda Хorazm Ma’mun akademiyasi arxeologlari Bahrom Sadullayev rahbarligida Madaniy meros agentligining  Ochiq varaq va ruxsatnomasiga asosan Shovot tumanida joylashgan “Kat qal’a” yodgorligida arxeologik dala tadqiqot ishlarini amalga oshirishmoqda.  Ushbu obyektdagi qazishmalar natijasida so‘ngi antik davrga oid inshoot qoldiqlari va u bilan bog’liq xonalar aniqlandi. Inshoot devorlari 42x42x10, 41x41x10, 40x40x10 sm hajmdagi xom g’ishtlardan barpo etilgan. Keyinchalik ilk o‘rta asrlarda ta’mirlash ishlari bajarilib, qadimgi devorlardan asos sifatida foydalanishgan va 38x38x10, 39x39x10 sm hajmdagi xom g’ishtlardan qo‘shimcha devorlar barpo etilgan. Devorlarni ochish davomida so‘nggi antik davr va ilk o‘rta asrlarga tegishli pol sathlari qayd qilinib, pol sathlaridan olingan sopollar namunalari inshoot qoldiqlarini davrlashtirishda muhim manba vazifasini o‘tadi. Topilmalar orasida shisha buyumlar va suyakka tushirilgan naqsh bezaklari ham hunarmandchilikning faqat kulolchilik tarmog’i emas balki boshqa turlari ham Xorazmda keng yoyilganligidan dalolat beradi.              Shisha buyumlarining yasalishi, sopol idishlarga va suyak qoldiqlariga berilgan bezaklar, ularning ishlanish uslubi o‘rta asrlarda Xorazm vohasida faoliyat yuritgan usta hunarmandlarning yuksak darajadagi malaka sohibi bo‘lganliklaridan dalolat beradi.



  
14-07-2025, 11:19
Ko'rishlar: 55
Sahifani chop etish