"Buxoro tarixiy markazi" 30 yoshda

2023-yilning 11-dekabr kuni Buxoro tasviriy san’at muzeyida “Buxoro tarixiy markazi”ning YUNESKO Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga olinganligining 30 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazmaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Buxoro mintaqaviy restavratsiya markazining restavratorlari, viloyat hokimligi vakillari, Buxoro davlat universiteti o‘qituvchi va professorlari hamda sohaga aloqador tashkilotlar ishtirok etishdi
Ma’lumot uchun, Buxoro shahrining tarixiy markazi mazkur nufuzli ro‘yxatga YUNESKOning 1993-yildagi Kolumbiyaning Kartaxena shahrida o‘tkazilgan 17-sessiyasida “Buxoro tarixiy markazi” nomi bilan kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu ko‘rgazma shu yil yakuniga qadar davom etadi.

