Xorazm Ma’mun Akademiyasi olimlarining may-iyul oylaridagi Xorazm viloyati Shovot tumanidagi “Kat qal’a” madaniy meros yodgorligidagi arxeologik ekspiditsiyalari nihoyasiga yetib kelmoqda.


 Xorazm Ma’mun Akademiyasi olimlarining may-iyul oylaridagi Xorazm viloyati Shovot tumanidagi “Kat qal’a” madaniy meros yodgorligidagi arxeologik ekspiditsiyalari nihoyasiga yetib kelmoqda. Arxeolog Baxram Pulatovich Sadullayev rahbarlgidagi bu yilgi ekspeditsiya izlanishlarida qal’aning markaziy qismida mil. avv IV-milodiy III asrlarga tegishli xona poydevorlari, ochoq, xo‘jalikda ishlatilishi mumkin bo‘lgan turli xil sopol idish qoldiqlari, hayvon suyaklari, suyakdan hamda loydan yasalgan noyob antramorf haykalchalar qoldiqlari va arxaik davr topilmalari aniqlandi. Shuningdek, antik davr xom g’ishtlaridan katta hajmdagi platforma izlari va IX-XII, XVII-XVIII asrlarga tegishli sopol idishlar ham o‘rganildi. Arxeologik ekspiditsiyalar davomida qal’aning g’arbiy devorining o‘rta qismida ham shurf solinib qal’a devori o‘lchamlari o‘rganildi. Izlanishlar natijasida ichki devor, tashqi devor va yo‘lak mavjudligi devorning umumiy qalinligi 14 m tashkil qilishi devor qurilishida pishgan loy va 42x43x12 sm hamda 32x34x10 sm hajmdagi xom g’ishtlardan foydalanilganligi ilmiy jamoatchilikka ma’lum qilindi. 2-iyul kuni ekspiditsiya ishlari bilan tanishish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Ispaniyaning Barselona Universitetidan professor Veronica Martines tashrif buyurdi va ekspiditsiya natijalari bilan shaxsan tanishdi. 
       
Tashrif mobaynida bu soha Ispaniyada yaxshi tarаqqiy etganligi hamda arxeologik materiallarni davrini aniqlashda jahondagi yetakchi ilmiy texnikalar bilan jihozlangan lobaratoriyaning mavjudligini ma’lum qilib, “chap qirg`oq Kat qal’a” yodgorligi materiallaridan yodgorlik davri to‘g’risida aniqroq ma’lumotlarni olish maqsadida namunalar olinib, bu bo‘yicha amaliy yordam berishini ma’lum qildi. 
Yodgorlikdan topilayotgan turli xil davrlarga tegishli noyob materiallar, arxeologik ashyolar bu yerda keying yillarda keng statsionar tarzda arxeologik izlanishlar olib borish kerakligini ko‘rsatadi.
15-07-2024, 14:04
Ko'rishlar: 161
Sahifani chop etish